To'liq nazorat
Zanjirning har bir bosqichini o'zimiz nazorat qilamiz — yem ishlab chiqarishdan tortib, tuxum va tayyor mahsulotgacha.

2010
Tovuq go'shti savdosi bilan boshlaganmiz, jamoada uch kishi bor edi
417
Bugun jamoamizda ishlayotgan xodimlar
14 850t
Yiliga ishlab chiqariladigan mahsulot
1,5mln
Bir aylanmada boqiladigan parranda. 2020-yilda bu raqam 25 ming edi
Do'konlar, restoranlar va ulgurji xaridorlar uchun.
Mahsulotlarimiz fermamizdan boshlanib, ushbu bosqichlardan o'tib, dasturxoningizgacha yetib boradi.

O'z yem zavodimizda tovuqlar uchun maxsus yem tayyorlaymiz. Tayyor yemni to'g'ridan-to'g'ri fermamizga yetkazamiz.

Tovuqlar maxsus sharoitda boqilib, harorat, yorug'lik, havo, yem berish va sog'lig'i doim nazorat qilinadi.

Tovuqlar maxsus uskunalar yordamida halol usulda so'yiladi, so'ng tozalanib keyingi bosqichga yuboriladi.

Tovuqlar talabga qarab butun yoki bo'laklarga ajratilib, qadoqlashga tayyorlanadi.

Talabga qarab tovuqlar butun, bo'laklangan, marinadlangan yoki tayyor mahsulot ko'rinishida tayyorlanadi. Laboratoriya tekshiruvidan o'tgach, savdoga chiqariladi.

Mahsulotlar sovutkichli transportlarimiz orqali ulgurji va chakana mijozlarga yetkazib beriladi.

Tayyor mahsulotlarimizdan ta'bingizga ko'ra dasturxoningizda foydalanasiz.
Zanjirning har bir bosqichini o'zimiz nazorat qilamiz — yem ishlab chiqarishdan tortib, tuxum va tayyor mahsulotgacha.
Ishlab chiqarishda zamonaviy Yevropa uskunalaridan foydalanamiz.
Mahsulotlarimiz xalqaro sifat standartlari asosida ishlab chiqariladi va tegishli sertifikatlarga ega.
400 dan ziyod xodimimiz sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun mehnat qiladi.
50 dan ziyod tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqaramiz.
Tovuq go'shti savdosi bilan boshladik. Jamoada bor-yo'g'i uch kishi edi.
Savdodan ishlab chiqarishga o'tdik: birinchi broyler fermasini ochdik va tovuqni o'zimiz boqa boshladik.
Bir yilda quvvat sakkiz barobar oshdi, jamoa ikki barobar kattalashdi.
Ishlab chiqarishni yagona standartga soldik, sifat nazorati tizimini qurdik. Tez o'sdik, lekin tartib tezlikdan muhimroq edi.
Yem ishlab chiqarishni o'zimiz yo'lga qo'ydik. Ferma endi birovning yemiga qaram emas, korxona esa klasterga aylana boshladi.
Nasl bo'yicha «Aviagen» bilan hamkorlik boshlandi. Oldinda JBT Marel so'yish majmuasi, rendering liniyasi va ko'p qavatli kataklar.
Ulgurji xarid, tender yoki ish masalasi bo'lsa, so'rov qoldiring. Ish kunlari shu kunning o'zida qayta qo'ng'iroq qilamiz.